Departamentning tarkibi 3 ta boʻlim va 1 ta shoʻbadan iborat boʻlib, ular Olimpiadalarni tashkil etish boʻlimi, Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini taʼminlash, Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimi va Ixtisoslashtirilgan maktablar istiqbolini belgilash shoʻbasi.
Olimpiadalarni tashkil etish boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida asosiy fan olimpiadalarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻtkaziladigan qoʻshimcha respublika olimpiadalarini tashkil etish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish, ularning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlaydi.
Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini taʼminlash boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish, sohada ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va ular asosida taʼlim muassasalari uchun tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
xalqaro olimpiadalarda iqtidorli oʻquvchilar ishtirokini taʼminlashni tashkil etish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirish;
xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan olimlar, professor-oʻqituvchilar, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda tayyorlash, ingliz tili va rus tili fanlaridan muloqot qilish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etish.
Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
respublika boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar uchun tuziladigan nazorat materiallarini bosqichma-bosqich xalqaro olimpiadalarning nazorat materiallari darajasiga yetkazish;
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi milliy terma jamoani shakllantirish boʻyicha saralash bosqichlarida xalqaro olimpiadalar darajasidagi nazorat materiallarini tayyorlash;
har chorakda oʻtkaziladigan onlayn olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish;
iqtidorli oʻquvchilar zaxirasiga kiritilgan oʻquvchilar uchun tizimli ravishda nazorat materiallari bilan taʼminlab borish.
Ixtisoslashtirilgan maktablar istiqbolini belgilash shoʻbasining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
Respublikamizdagi mavjud fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda olib borilayotgan oʻquv jarayonini amaldagi qonun hujjatlari asosida tashkil etilishini nazorat qilish;
Taʼlim boshqaruv organlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlimning chuqurlashtirilgan fanlari boʻyicha oʻquvchilarning Davlat taʼlim stadartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash ishlari nazoratini olib borish;.
Xorijiy tajribani oʻrganish asosida respublikamizda tashkil etilayotgan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda oʻqitish jarayonini takomillashtirish maqsadida takliflar tayyorlash, uning amalga oshishi ustidan nazorat oʻrnatish va monitoringini olib borish;
Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirishni amalga oshirib borish;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning soʻrovnomasiga asosan, ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul kvotasini departament direktori bilan kelishgan holda har yili belgilab berish;
Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar tomonidan fanlarni oʻzlashtirish natijalarini doimiy monitoringini olib borish ishlariga rahbarlik qilish;
Olib borilgan tahlillar asosida har yili departament direktori bilan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarining keyingi faoliyatini belgilash boʻyicha rahbariyatga taklif kiritish;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oid huquqiy meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritish;
Har bir oʻquvchining induvidial xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishlarini tizimli tashkil etish.