“OBOD MAKTAB” TANLOVIGA VIDEOROLIKLAR 23-APREL KUNIGA QADAR QABUL QILINADI

20-aprel 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Obod maktab” ekologik tanlovining respublika umumtaʼlim muassasalarida samaradorligini inobatga olgan holda, taʼlim muassasalarining pedagogik jamoasi va oʻquvchilarning murojaatlariga koʻra mazkur tanlov doirasida tayyorlanadigan videoroliklarning Tashkiliy qoʻmita tomonidan qabul qilinishi vaqti 2021-yilning 20-23-aprel kunlari tiklanishini maʼlum qilamiz.

 

Tanlov nizomiga muvofiq tayyorlangan videoroliklar 2021-yil 23-aprel kuni soat 18:00 ga qadar @obod_maktab telegram manzili orqali qabul qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu