Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

28-noyabr 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda vazirlik rahbariyati, mas’ul mutaxassislari, vazirlik huzuridagi agentliklar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida vazirlik mas’ullari tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida vazirlik tomonidan olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi.

Tadbir davomida vazirlik markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o‘zida jamlaganligi, shuningdek, vazirlikda Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallari («Ishonch telefoni», elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) "Vazirga murojaat" portali ish faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lum qilindi.

Shuningdek, vazirlik tizimidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil etilganda, ushbu ko‘rsatgichlar 2022-yilda 191 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 116 nafarni tashkil etganligi, tizimda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va ma’lumotlarni oshkor qilish maqsadida, 2023-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 177 nafar xodim bo‘yicha to‘ldirilgan deklaratsiyalar tekshirilganligi, korrupsiyaga qarshi qoidalar shartnomalarga kiritilgan bo‘lib, o‘rganish natijalari bo‘yicha vazirlikda 6 ta holatda davlat xaridlari bekor qilinib, mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilganligi, maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha o‘tkazilgan 4 ta nazorat va monitoring tadbirlarida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar bo‘yicha 5 nafar xodimga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanib, budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishning oldi olinganligi kabi raqamlar ochiqlandi.

Vazirlik vakillari tomonidan tizimda sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, noqonuniy holatlarni kamaytirish maqsadida, sohada pora olish hamda pora berish xavflarini yuzaga kelish sabab va shart-sharoitlarini oldini olish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni tartibga solish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarda anonim so‘rovnoma o‘tkazilib, unda  ishtirok etgan 37 600 nafar fuqarodan 2 372 nafari (respondent) so‘rovnomani to‘ldirganligi hamda so‘rov natijalarida ko‘ra olingan ma’lumotlar faoliyatning barcha sohalarida korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda huquqiy ong va madaniyatni yanada oshirish bo‘yicha faol ishlarni olib borish maqsad qilinganligi ma’lum qilindi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu