Vazirlik markaziy apparati

.
image

Sharipov
Ilyosbek
Ilhomovich

Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi

09:00 - 18:00

1985-yil 16-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

2006-y. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bakalavr bosqichini tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

2019-y. Menedjer, Biznesni boshqarish magistri,

2022-y. Moliya texnologiyalari magistri.

2002 - 2005-yy. - Toshkent shahar Chilonzor tumani obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi yo‘l qurilish va taʼmirlash bo‘limi ishchisi

2006 - 2007-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK “O‘zbekiston” lokomotiv deposi mehnatga haq to‘lash bo‘limi muhandisi

2007 - 2010-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi mehnatni tashkil etish shoʻbasi 2- toifali muxandisi, shu shuʼba boshlig‘i, lokomotivlarni davlatlararo kesishuv punktlariga kirish bo‘yicha 2-toifali muhandisi

2011 - 2014-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari”  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ yo‘lovchi poyezdlarga joylarni taqsimlash va usullarni ishlab chiqarish shuʻbasining 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi

2014 - 2014-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisining birinchi o‘rinbosari yordamchisi

2014 - 2016-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari”  “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ marketing bo‘limi yetakchi muhandisi, xodimlar bo‘limi boshlig‘i

2016 - 2019-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ personallarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i

2019 - 2020-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kanselyariya boshlig‘i, kotibiyat boshlig‘i o‘rinbosari

2020 - 2023-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi huzuridagi kotibiyat boshlig‘i ijro etishni nazorat qilish bo‘yicha o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, boshqaruvi raisi huzuridagi kotibiyat boshlig‘i

2023 - 2023-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” Maxsus direksiya o‘rinbosari

2023-y. h.v. - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Xalq taʼlimi tizimida kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qoʻyishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;

muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;

kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari Vazirlik oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini Vazirlikning oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi oʻzgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;

Vazirlik va uning tizimidagi tashkilot va muassasalar xodimlari uchun mansab pogʻonalaridan koʻtarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash va nazoratga olish;

kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal toʻliq ishtirok etishini taʼminlash asosida Vazirlik oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashish;

xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish;

muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu