Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga ilk bor xalqaro trener jalb etildi

7-aprel 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Informatika bo’yicha olimpiada jamoasini tayyorlash bo’yicha maxsus o’quvlar boshlandi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Bugun poytaxtimizdagi IT Park binosida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda polshalik mutaxassis Bartosz Kostka ishtirok etdi.

Bartosz Kostka joriy yil Vengriyada o‘tkaziladigan olimpiada musobaqalariga yurtimiz terma jamoa a’zolarini puxta tayyorlash bilan birga, ularning imtihon jarayonlarida zarur bo‘ladigan ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.

35-Xalqaro informatika olimpiadasi 2023-yil 28-avgustdan 4-sentyabr kuniga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tadi, unda 4 nafar o‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ikki vazirlik hamkorligida tashkil qilingan mazkur jarayonda 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida 12 nafar o‘quvchi olimpiadada ishtirok etish uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan tayyorlanadi. Tayyorgarlik natijalariga kўра 4 nafar o‘qivchi saralab olinadi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘qivchilar intellektual oromgohga xalqaro va mahalliy trenerlar bilan birgalikda jo‘nab ketdilar.

 

Terma jamoaga nomzodlar ro‘yxati:

 

1. Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

2. Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

3.  Asilbek Sunnatov — Al-Xorazmiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi

4. Otabek Jurabekov — "Profi School" xususiy maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

5. Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;

6. Muhammadayubxon Erkinov — Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

7. Shohruh Rahmatillayev — TATU akademik litseyining 10-sinf o‘quvchisi;

8. Izzat Sotimqulov — Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti akademik litseyining 11-sinf o‘quvchisi;

9. Murat Yangabayev —  To‘rtko‘l tumanidagi 13-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

10. Artyom Ivanov — Toshkent shahridagi 94-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

11. Yaxyobek Abdunazarov — Al-Xorazmiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

12. Mardon Hazratov — Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu