Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalq ta’limi tizimidagi mingdan ortiq pedagog xodim “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

7-dekabr 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 1327 nafar pedagog xodim esdalik nishon bilan mukofotlandi.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan tadbirlarda tizim xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.

Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini o‘quvchilar orasida keng targ‘ib qilgan barcha pedagoglarimizni mazkur mukofot bilan tabriklaymiz. Mamlakatimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashdagi kelgusi faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va shijoat tilab qolamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu