Xalqaro geometriya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham ishtirok etmoqda

22-noyabr 2022-yil
image

Butun dunyo maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkaziladigan Xalqaro geometriya olimpiadasi joriy yilda Eron Islom Respublikasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi mazkur olimpiadada yurtimizning 67 ta umumta’lim maktablarida tahsil oluvchi 202 nafar o‘quvchi quyidagi 4 xil yosh kategoriyasida ishtirok etmoqda:

7-8-sinf o‘quvchilari;

9-10-sinf o‘quvchilari;

11-sinf o‘quvchilari;

ixtiyoriy 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.

Olimpiada ishtirokchilariga turli qiyinchilikdagi 5 ta yo‘nalishga doir masalalar berilib, ularni bajarish uchun jami 270 minut ajratildi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan kategoriyalar bo‘yicha ko‘plab davlatlardan qatnashgan barcha olimpiada ishtirokchilarining ishlari tekshirilmoqda.

Yakuniy natijalar Eron geometriya olimpiadasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali 2022-yil so‘nggiga qadar e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu