Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan Xorazm viloyati Xiva shahridagi bir qator maktablarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan vazirlik mutasaddilari, Xiva shahar hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan tanishib chiqildi.
![](/uploads/content/SWvpvgy4_PQvWLJp2NKBM_iG5zs0kF1v.jpg)
Xiva shahrida Investitsiya dasturi doirasida 4 va 13-sonli hamda “Obod mahalla” dasturiga asosan esa 5-sonli maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
![](/uploads/content/voTNgu6kKUM1HEYindn8xu1pDBNvFDNi.jpg)
Bundan tashqari Openbudget.uz platformasi orqali Xivadagi 1 ta maktabda 500 mln.so‘mlik qurilish-taʼmirlash ishlari ham yakuniga yetmoqda.