JONDORLIK 23 NAFAR BITIRUVCHIGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TANTANALI TOPSHIRILDI

21-iyun 2022-yil
image

Joriy o'quv yilida Buxoro viloyati Jondor tumanidagi umumta'lim maktablarining 11-sinfini 1824 nafar o'quvchi tamomladi.

E'tirof etish joizki, bitiruvchilarning 13 nafari maktab partasidayoq xorijiy va milliy oliygohlarning talabasi bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Fanlarni a'lo baholarga o'zlashtirgan 23 nafar iqtidorli o'quvchi esa oltin va kumush medallariga munosib topildi.

Kuni kecha Jondor tuman Markaziy o'yingohida bo'lib o'tgan "rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasidagi "yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!"yoshlar festivalida ushbu o'quvchilarga oltin va kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.

Viloyat hokimi o'rinbosari Mirali Xamraev va tuman hokimi san'at Hikmatov bitiruvchilarni tabriklar ekan, mustaqil hayot yo'lida ularga omad tiladilar.

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu