Sayt test rejimida ishlamoqda

“Mehrli maktab”da taʼlim olayotgan bolalar uchun homiylik asosida 4000 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi

20-iyun 2022-yil
image

Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga umumiy o‘rta taʼlim berish uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasida uzoq muddat davomida davolanayotgan maktab yoshidagi bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashabbusi bilan 4000 dan ortiq badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Kitob to‘plamlari tarzidagi sovg‘alarni “Mehrli maktab” direktori Nigora Alimova “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori To‘lqin Muxammadiyevdan qabul qilib oldi.

Xalq taʼlimi vazirligi mazkur tashabbus uchun “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga minnatdorchilik bildiradi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu