XALQ TAʼLIMI VAZIRI NUKUS SHAHRIDAGI BOLALAR OROMGOHI HAMDA YANGIDAN BARPO ETILAYOTGAN MAKTABDA BO‘LDI

14-iyun 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Nukus shahridagi yozgi taʼtil davrida jami 450 nafar bola dam olishiga mo‘ljallangan “Turon” oromgohida bolalarning yozgi taʼtil davrida mazmunli dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, oromgoh hududini obodonlashtirish va sport to‘garaklarini tashkil etish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

photo2022-06-1418-14-40.jpg

Shundan so‘ng, Baxtiyor Saidov Investitsiya dasturi asosida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan taʼlim muassasalarida bo‘ldi. Dastlab, Nukus shahrining “Allaniyoz Qahramon” mahallasida 792 o‘rinli yangi maktab binosi hamda sport zalining qurilishi bilan tanishildi. Maktab qurilishini sifatli amalga oshirib, 15 avgustga qadar jihozlar bilan to‘liq taʼminlash topshirig‘i berildi.

Shuningdek, quvvatiga nisbatan yuqori koeffitsiyentda faoliyat olib borayotgan Nukus shahridagi 8-maktabda 330 o‘rinli yangidan qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Qo‘shimcha o‘quv binosi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, maktabda taʼlim jarayoni to‘liq bir navbatda tashkil etilishi aytib o‘tildi.

photo2022-06-1418-14-45.jpg

Bundan tashqari, Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan o‘quvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun yana-da qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 8-maktab uchun oshxona va faollar zalini qurish hamda sport maydonchasini taʼmirlash rejalashtirilgan.

photo2022-06-1418-14-42.jpg

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yilda Investitsiya doirasida 23 ta (2 ta yangi qurilish 10 ta rekonstruksiya, 11 tasi mukammal taʼmirlash) maktabda 186,7 mlrd.so‘mlik, Vazirlar Mahkamasining Rayosat bayoniga ko‘ra, 13 ta maktab filiallarida 5,3 mlrd. so‘mlik, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida 8 ta maktabda (5 ta rekonstruksiya, 1 ta mukammal va 1 ta joriy taʼmirlash) 14,2 mlrd. so‘mlik qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu