Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi doirasida aloqalarni kengaytirish, jumladan taʼlim sohasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida shu yil ilk marotaba tashkil etilayotgan "1-O‘qituvchilar almashinuv dasturi"da o‘zbekistonlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir Turkiyaninng Anqara va Istambul shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda shuningdek, Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Vengriya davlatidan o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Dasturdan ko‘zlangan maqsad Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikda tatbiq etishdan iborat.
Joriy yilning 6 dan 12 iyuniga qadar davom etadigan tadbirda ilg‘or metodikalarni o‘rganish, aʼzo mamlakatlarning taʼlim tizimidagi o‘ziga xos tomonlari taqdimoti hamda Turkiyaning yetakchi taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Bir hafta davomida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib, taʼlim tizimidagi ilg‘or metodikalarni o‘rganib qaytadi.