Joriy yilning 2-5 iyun kunlari Samarqand va Jizzax viloyatida asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan olimpiadalarda respublikamizning 14 hududidan 195 nafar 11-sinf o‘quvchilari tarix, geografiya, ona tili, adabiyot, tojik tili va o‘zbek tili fanlaridan bellashishdi. 5 ta 1-o‘rin, 5 ta 2-o‘rin, 5 ta 3- o‘rin sohiblariga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Jizzax viloyatida ingliz, nemis, fransuz tillari hamda matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadada Respublikaning 14 ta hududidan 221 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan bo‘lib, g‘oliblarga Xalq taʼlimi vazirligining pul mukofotlari hamda Jizzax viloyati hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari quyidagicha rag‘batlantiriladi:
Asosiy olimpiadalar respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun —12 baravar;
2-o‘rin uchun —8 baravar;
3-o‘rin uchun —6 baravar.
Bundan tashqari Olimpiada g‘olibiga g‘olib bo‘lgan fanidan OTMga kirishda maksimal ball beriladi.
Bundan tashqari asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 50 baravari;
2-o‘rin uchun — 35 baravari;
3-o‘rin uchun — 30 baravari;
Taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.