XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI

3-iyun 2022-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligida xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

131415.jpg

 

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish loyihasining barcha bosqichlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasining asosiy maqsadi yurtimizning yetakchi davlat organlarida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish va joriy qilishdan iborat ekanligi bo‘yicha to‘liq maʼlumot berildi.

131615.jpg

Shuningdek, loyiha doirasida ishlab chiqilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi hujjatlarning asosiy qoidalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qoidalar muhokama qilindi.

17181914.jpg

Seminar doirasida ishtirokchilar fikrlari tinglanib, vazirlikda tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi tizim nima uchun zarurligi, uning elementlari, mohiyati va vakolatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi, shuningdek, vazirlikning korrupsiyaga qarshi tartib-qoidalari, huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa kanallari, barcha majburiyatlar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.

141512.jpg

O‘quv-seminari yakunida KPMG mutaxassislari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu