Joriy yilning 25 - 27 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabuli davomida Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga oid kelib tushgan 21 ta murojaat o‘rganildi.
![photo2022-05-3012-58-39.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2022/05/photo2022-05-3012-58-39.jpg)
Ushbu murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 7 tasi o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan 1-sinfga qabul va uning tartibi, farzandini o‘qishini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish hamda ish bilan taʼminlash kabi masalalarda murojaat qilindi.
![photo2022-05-3012-58-38-2.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2022/05/photo2022-05-3012-58-38-2.jpg)
Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek vazirlik masʼul xodimlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman rahbarlari qabul davomida fuqarolarning barcha murojaatlariga batafsil javob berdi.