XALQ TAʼLIMI VAZIRI ANDIJONDAGI UMUMTAʼLIM MAKTABLARI HOLATI BILAN TANISHDI

17-iyun 2021-yil
image

Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Jalaquduq hamda Andijon tumanlaridagi umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, maktabda oʻquvchilar hamda ustozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Dastlab, Xalq taʼlimi vaziri Jalaquduq tumanidagi 45-umumtaʼlim maktabida boʻlib mazkur maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, maktabni yana-da obod qilish boʻyicha amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar yuzasidan tuman hokimi bilan fikr almashdi.

Shuningdek, Andijon tumanidagi 54- hamda 55-umumtaʼlim maktablari pedagog jamoalari bilan suhbatda bugungi kunda maktablarimizda ustozlar tomonidan sifatli taʼlim berish barobarida bitiruvchilarni oʻz daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun zaruriy maslahatlar berish ham zarur ekanligini taʼkidladi.

Xalq taʼlimi vaziri tomonidan mazkur maktablar kutubxonalariga motivatsion ruhdagi jahon adabiyoti bestsellerlari taqdim etildi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu