Xabaringiz bor, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan «Obod maktab» ekologik onlayn ko‘rik-tanlovi eʼlon qilingan edi.
Mazkur tanlovda taʼlim muassasalar tomonidan yuborilgan 400ga yaqin videoroliklardan tanlov nizomi talablariga mos bo‘lgan eng yaxshi 42 ta ijodiy ishlar saralab olindi.
Jamoatchilik tomonidan g‘oliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy tanlovlar sahifasida eʼlon qilindi. Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan qo‘yidagi taʼlim muassasalar «Obod maktab» tanlovi g‘olibi deb topildi.
“Obod maktab-2022» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari R O‘ Y X A T I
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 1-sonli umumtaʼlim maktabi,
Andijon viloyati Jallaquduq tumani 22-sonli umumtaʼlim maktabi,
Buxoro viloyati Kogon shahar 7-sonli umumtaʼlim maktabi,
Jizzax viloyati Jizzax shahar 22-AFCHO‘IM,
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 9-sonli umumtaʼlim maktabi,
Navoiy viloyati Karmana tumani 30-sonli umumtaʼlim maktabi,
Namangan viloyati Davlatobod tumani 77-sonli umumtaʼlim maktabi,
Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-sonli umumtaʼlim maktabi,
Sirdaryo viloyati Boyovud tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabi,
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 44-sonli umumtaʼlim maktabi,
Toshkent viloyati Zangiota tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabi,
Farg‘ona viloyati Sux tumani 29-sonli umumtaʼlim maktabi,
Xorazm viloyati Uganch shahar 5-sonli umumtaʼlim maktabi,
Toshkent shahridagi Olmazor tumani 191-sonli umumtaʼlim maktab