XALQ TAʼLIMI VAZIRI JOMBOYDAGI 28-MAKTAB OʻQUVCHILARINI VAQTINCHA BOSHQA BINOGA KOʻCHIRISH CHORASINI KOʻRISHNI AYTDI

26-noyabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bugun tunda Jomboy tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabiga bordi.

1975-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan mazkur maktabning bugungi kundagi oʻquvchilar sigʻimi 2 koeffitsentdan oshib ketgan.

photo2021-11-2614-36-48.jpg

Xalq taʼlimi vaziri sinfxonalarni koʻzdan kechirar ekan qishki mavsumda oʻquvchilarning munosib sharoitlarda taʼlim olishini taʼminlash maqsadida yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda koʻchirish chorasini koʻrishni soʻradi.

photo2021-11-2614-36-46-2.jpg

“Birinchi navbatda oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun munosib sharoit yaratishimiz zarur. Bino eski boʻlganligi sababli imkon boricha tezroq bolalarni boshqa binoga koʻchirib, maktabni investitsiya dasturiga kiritish chorasini koʻrishimiz lozim”, — deya qayd etdi vazir.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu