USAID VA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI BOSHLANGʻICH SINFLARDA OʻQISH VA MATEMATIKA KOʻNIKMALARINI BAHOLASH BOʻYICHA TADQIQOT OʻTKAZADI

17-noyabr 2021-yil
image

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 2021-yil 15-noyabrdan 7-dekabrgacha boshlangʻich sinflarda oʻqish (EGRA) va matematika koʻnikmalarini baholash (EGMA) boʻyicha mamlakat boʻylab tadqiqotni olib boradi.

USAID va vazirlik oʻrtasidagi ushbu hamkorlik Oʻzbekistonda bunday koʻlamdagi milliy standartlashtirilgan baholashni oʻtkazish ilk bor amalga oshirilayotgani bilan diqqatga sazovor.

photo2021-11-1716-24-55-2.jpg

EGRA va EGMA – umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining savodxonlik va hisoblash koʻnikmalarini baholashga moʻljallangan ilmiy asoslangan modellarga tayanadi. EGRA va EGMA tadqiqoti 937 ta davlat umumtaʼlim maktablarining 11 ming nafar oʻquvchining oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirgʻiz va turkman tillari shuningdek, ikkinchi til sifatida oʻzbek tilidan koʻnikmalarini baholaydi. Ushbu baholash natijalari boʻyicha toʻplangan aniq maʼlumotlar vazirlik va uning hamkorlariga Oʻzbekiston oʻquvchilarining taʼlimda muvaffaqiyatga erishish, jamiyatning faol hamda samarador aʼzosi va ishchi kuchiga aylanishi uchun zarur boʻlgan asosiy koʻnikmalar hisoblangan oʻqish va matematika boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga oid aniq, asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

photo2021-11-1716-24-55.jpg

Baholashning muhimligini taʼkidlab, AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum shunday dedi: “Biz taʼlimga sarmoya kiritishni har bir mamlakat bajara oladigan eng muhim amal deb hisoblaymiz. Yosh avlodga investitsiya kiritish kelajakka investitsiya kiritish demakdir. Biz Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda amalga oshirayotgan ushbu loyiha butun Oʻzbekiston boʻylab 3- va 5-sinf oʻquvchilarining oʻqish va matematika koʻnikmalarini baholashga yordam beradi. Baholash ushbu fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish va shu fanlarni oʻqitishga toʻgʻri investitsiya kiritish imkonini beradi”.

photo2021-11-1716-24-57.jpg

Bugungi kunga qadar USAID EGRA va EGMA baholash tadqiqotini 40 dan ortiq mamlakatlarda oʻtkazib, toʻplangan maʼlumotlar ushbu mamlakatlarga oʻz oʻquvchilarining oʻqish va matematika boʻyicha asosiy koʻnikmalarini yaxshilashga yordam bergan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu