Joriy yilning 10-noyabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida “Zamonaviy maktab” talablari asosida barpo etilgan 1320 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan 339-maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari, taʼlim muassasasi jamoasi, tadbirga taklif etilgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
“Olmos” mahallasida zamonaviy turar-joy majmualari qurilgandan soʻng mazkur mahallada maktabga katta ehtiyoj paydo boʻldi. Oʻquvchilar tumandagi 23, 255, 282-maktablarga borib oʻqigani bois oʻquvchilar soni keskin oshishiga sabab boʻldi. Yangi maktabning ochilishi esa yaqin hududda joylashgan maktablarda ham navbatlilik koeffitsiyentining pasayishiga olib keladi.
Bugungi ochilayotgan maktab binosi “Zamonaviy maktab” loyihasi asosida barpo etilgan, 1320 oʻringa moʻljallangan va barcha qulay sharoitlarga ega. Oʻquv binosidan tashqari zamonaviy sport maydonlari ham qurildi.
Keyingi yillarda maktablarning shaklini oʻzgartirish va zamonaviy qiyofaga keltirish uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent shahrida bir yilning oʻzida 205 ta (65%) maktabda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Eng quvonarlisi, shu yilning oʻzida Toshkent shahrida yangidan 4 ta maktab qurildi.
Maʼlumot uchun 2021-yilda 205 ta (64 foiz) maktablarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, jumladan, 21 ta maktabda Investitsiya, 8 ta maktabda “Obod mahalla” dasturi asosida, 176 ta maktab yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida (saylov obyekti) joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.