HUDUDLARDA MAKTAB OʻQUVCHILARI OʻRTASIDAGI FAN OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

12-oktabr 2021-yil
image

Joriy yilning 11-oktyabr kuni umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan umumtaʼlim fanlari boʻyicha Respublika olimpiadasining II tuman (shahar) bosqichiga start berildi. Oʻquvchi-yoshlar iqtidorini kashf etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, qolaversa, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan mazkur olimpiada 11-18-oktyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida oʻtkaziladi.

Olimpiadaning tuman bosqichida 16 ta fan boʻyicha umumtaʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarining 9-11-sinf oʻquvchilari bilimi sinovdan oʻtkaziladi. Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi.

Mazkur jarayonda har bir fandan 30 ta test savoli taqdim etiladi. Test natijalariga koʻra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu