Bugun Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayramini nishonlash maqsadida Poytaxtimizning “Xalqlar doʻstligi” saroyida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soha xodimlariga bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Yurtimizda taʼlim-tarbiya masalasiga kompleks yondashgan holda bogʻcha, maktab taʼlimi bilan birga oliy taʼlim tizimini ham uzviy rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Sohada erishilayotgan barcha yutuqlar fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati evaziga kundan-kun ortib borayotgani qayd etildi.
Soʻngra sanʼat ustalari tomonidan ustozlarni madh etuvchi sahna koʻrinishlari, kuy va qoʻshiqlar yangradi.
Shundan soʻng bayram ishtirokchilari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdi.
Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda tashkil etilib, Vatanimiz ertasi boʻlmish yoshlarga taʼlim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylarga yuksak ehtirom koʻrsatildi.
Bayramona tadbirlar Respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda.
--