XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGIDA KOREYA RESPUBLIKASINING OʻZBEKISTONDAGI ELCHISI BILAN TAʼLIMDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

17-sentabr 2021-yil
image

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Xalq taʼlimi vazirligida Koreya Respublikasining delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Kan Chje Kvon hamda ikki tomon mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda oʻtgan yillar davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlimni rivojlantirishda hamkorlik tajribasi samarali boʻlgani va qoʻshma loyihalar ijobiy natija berayotgani taʼkidlandi.

Shu bilan birga Koreya tomoni bilan birgalikda amalga oshirilayotgan taʼlim sohasidagi dolzarb loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

photo2021-09-1714-37-07.jpg

Taʼkidlanishicha, umumtaʼlim maktablarini kompyuter bilan jihozlash boʻyicha Koreya krediti hisobiga Koreyaning KT kompaniyasi tomonidan tender yutib olinib 2859 ta kompyuter sinflari joylarga yetkazilgan, tender natijasida iqtisod qilingan 8 mln. dollardan ortiq mablagʻ hisobiga ham qoʻshimcha 951 ta kompyuter sinflari joriy yilda maktablarga yetkaziladi. Hozirgi vaqtda yana Koreya Respublikasining qoʻshimcha sarmoyalarini Oʻzbekistondagi taʼlim tizimiga yoʻnaltirish boʻyicha loyihalar ustida ishlanmoqda. Oʻz navbatida, elchi Kan Chje Kvon Oʻzbekiston va Koreya Respublikasining hamkorlik boʻyicha strategik ahamiyati, shuningdek, pandemiya sharoitida ham har ikki davlat har tomonlama bir-birini qoʻllab –quvvatlagan holda ish olib borganiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

photo2021-09-1714-37-08-2.jpg

Elchi Kan Chje Kvon taʼlim sohasini rivojlantirish, yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish Oʻzbekiston uchun ham, Koreya Respublikasi uchun ham ustuvor vazifa ekanligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, maktablarni kompyuter bilan jihozlash, kelgusida yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish va AKTni rivojlantirish boʻyicha loyihalar birgalikda ishlab chiqilib hayotga tatbiq etiladi.

Xalq taʼlimi vaziri istiqboldagi rejalarga toʻxtalar ekan, oʻzbekistonlik oʻquvchilar oʻrtasida koreys tilini oʻrganish darajasini yaxshilash orqali maktab bitiruvchilarini Koreya Respublikasidagi nufuzli Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Vazir yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda talabalar yoki oʻquvchilar uchun yangi grantlar, stipendiyalar yoki almashinuv dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

photo2021-09-1714-40-41.jpg

Elchi Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarning muhimligini taʼkidlab, xalq taʼlimi sohasida kelgusida hamkorlik qilish uchun takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu