QUYICHIRCHIQDA TADBIRKOR HOMIYLIGI OSTIDA RESPUBLIKADAGI ILK STEM FANLARIGA IXTISOSLASHGAN MAKTAB OCHILDI

30-avgust 2021-yil
image

Bugun 30-avgust kuni yangi 2021-2022 oʻquv yili oldidan yana bir taʼlim muassasasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Homiylik mablagʻi hisobidan qurilgan Respublikadagi ilk STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida qad rostladi. Maktabning ochilish marosimida hukumat, Xalq taʼlimi vazirligi, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

photo2021-08-3009-43-43.jpg

Ochilish marosimdan oldin maktabni toʻliq qurib va jihozlab bergan homiy tadbirkor Gʻofur Raximov hamda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ramziy maʼnoda koʻchatlar ekildi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda maktablarning shaklini oʻzgartirish va zamonaviy qiyofaga keltirish uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent viloyatida soʻnggi 3 yil davomida 268 ta maktab Investitsiya va boshqa dasturlar asosida taʼmirlanib, buning uchun 380 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi. Joriy yilning oʻzida qariyb 500 ta (55 foiz) maktablarda taʼmirlash ishlari, jumladan, 40 ta maktabda Investitsiya, 41 ta maktabda “Obod qishloq” dasturi asosida, 418 ta maktab yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

photo2021-08-3009-43-45.jpg

Quvonarli jihati, viloyatda maktablarning shaklini oʻzgartirish uchun saxovatli tadbirkorlar ham oʻz hissasini qoʻshmoqda. Bugun mana shunday tadbirkorlardan biri Gʻofur Rahimov mablagʻlari evaziga 45-maktabning eski binosi oʻrnida zamonaviy taʼlim maskani qad rostladi. Maktabda oʻquvchilarning zamonaviy taʼlim olishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 600 oʻringa moʻljallab qurilgan taʼlim muassasasida 634 nafar oʻquvchiga 43 nafar pedagog taʼlim beradi. Maktab eng zamonaviy jihozlar va soʻnggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. STEM fanlariga ixtisoslashgan tayanch maktabida matematika, chet tili, axborot texnologiya va kimyo-biologiya fanlari chuqurlashtirgan holda oʻqitiladi.

photo2021-08-3011-37-24-2.jpg

Homiylik asosida toʻliq jihozlanib, qurib berilgan maktab Quyichirchiq aholisi, shu bilan birga yoshlar uchun Mustaqilligimizning oʻttiz yilligi bayramiga munosib sovgʻa boʻldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu