BMT BOLALAR JAMGʻARMASI EKSPERTI IJTIMOIY QIYIN AHVOLGA TUSHIB QOLGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH BOʻYICHA OʻZ TAVSIYALARINI BERDI

28-avgust 2021-yil
image

BMT Bolalar jamgʻarmasi xalqaro eksperti Svetlana Rijikovaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida 27-avgust kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Sirdaryo viloyati Baxt shaharchasidagi Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida seminar-trening tashkil qilindi.

Ushbu treningda xalqaro ekspert Svetlana Rijikova, YUNISEFning bolalar dasturi rahbari Antonio Merkel, YUNISEF mutaxassislari Sofinaz Axayeva, Nulchexra Nigmatjanovalar tomonidan ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash va ularni ijtimoiy hayotga moslashuvida pedagog-xodimlarning oldida turgan vazifalar haqida tavsiyalar berildi.

photo2021-08-2814-06-09.jpg

Seminar-trening jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning rahbar va masʼul xodimlari ham ishtirok etishib, YUNISEFning ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu