46 NAFAR RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARINING OʻQITUVCHILARI TAQDIRLANDI

28-avgust 2021-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligida asosiy fan olimpiadalari gʻoliblarining oʻqituvchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-10-yanvar kunlari umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Bunda, Respublika boʻyicha jami 19 711 nafar oʻquvchi ishtirok etdi, shundan, 9-sinfda 628 nafar, 10-sinfda 477 nafar, 11-sinfda 500 nafar oʻquvchi olimpiadaning viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 11-sinf oʻquvchilari esa olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini ham qoʻlga kiritdilar.

2k2a7999.jpg

Fan olimpiadasining respublika bosqichi joriy yilning may-iyun oylarida umumtaʼlim maktablarining 11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim turizmini rivojlantirish maqsadida birinchi marta Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida oʻtkazildi.

Olimpiadaning respublika bosqichida 46 nafar oʻquvchi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblarga oʻz fan yoʻnalishlaridan oliy oʻquv yurtiga kirishda ixtisoslik fani boʻyicha maksimal ball berish huquqini beruvchi sertifikat hamda qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

2k2a7950.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi 4306 qaroriga koʻra, Fan olimpiadasining respublika bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilab qoʻyilgan:

1-oʻrin uchun — 50 baravari (12 250 000);

2-oʻrin uchun — 35 baravari (8 575 000);

3-oʻrin uchun — 30 baravari (7 350 000).Ushbu pul mablagʻlari joriy yilda ilk marotaba berilmoqda va bu bilan barcha ustozlarimizni tabriklaymiz.

img202108281119170214.jpg

Mukofotlar barcha viloyatlarda oʻqituvchilarga tantanali ravishda topshirilishi tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu