XALQ TAʼLIMI VAZIRI HUNAR ORQALI DAROMAD TOPAYOTGAN QASHQADARYOLIK OʻQUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

27-avgust 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga ishchi tashrifi chogʻida Dehqonobod tumanidagi “sariq” toifali hududda boʻlgan maktabda oʻquvchilarni oʻzini-oʻzi band qilishdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, tumandagi 70-, 77-umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilarining mebel ishlab chiqarish sexida amalga oshirayotgan ishlarini koʻzdan kechirib, ularning har oylik daromadi bilan qiziqdi. Suhbat yakunida oʻquvchilarga jahon durdona asarlari toʻplamini sovgʻa qildi.

photo2021-08-2718-54-22.jpg

Tumandagi 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ota kasblari orqasidan oilasiga daromad keltirayotgan oʻquvchilar bilan uchrashdi. Bugun ushbu taʼlim maskanida 100 nafar pedagog faoliyat olib boradi, shundan 6 nafari oliy toifali, 38 nafari birinchi toifali va 42 nafari ikkinchi toifali pedagoglardir. Maktabda tashkil etilgan Baxshichilik toʻgaragi va uning rahbari Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor Rahimov hamda uning shogirdlari ijodidan bahramand boʻldi. Bugungi kunda maktab binosi joriy taʼmirdan chiqarilib, yangi oʻquv yiliga shay holga keltirilgan.

photo2021-08-2718-54-21.jpg

Shuningdek vazir Dehqonobod tumanidagi 85- umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, u yerda muhim besh tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, maktabning kutubxona faoliyati bilan tanishar ekan bolalarning kitobga boʻlgan qiziqishlarini eʼtirof etib, maktab kutubxonasiga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi.

Shundan soʻng soha masʼullari va Dehqonobod tumani hokimi ishtirokida tumandagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabini ochilish marosimida ishtirok etdi.

photo2021-08-2719-04-23.jpg

Zamonaviy qiyofaga kelgan maktab Investitsiya dasturi asosida 2 mlrd. 320 mln. soʻm mablagʻ hisobidan mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Xalq taʼlim vaziri maktabda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari bilan tanishib, maktab jamoasi bilan suhbatlashdi.

Tumandagi 23-maktabda vazir taʼlim sifati boʻyicha muammolar va ularni bartaraf etish haqida soʻz bordi. Joylarda oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashi va malakasini oshirishga katta ahamiyat berilmayotganligi taʼkidlandi. Dehqonobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi masʼullariga taʼlim sifati past boʻlgan maktablarning muammolarini oʻrganish va kerakli choralar koʻrish boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi.

Tumandagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga xalq taʼlimi vazirligi tomonidan interaktiv doska taqdim etildi.

photo2021-08-2718-58-40.jpg

Xalq taʼlimi vaziri tomonidan oʻqituvchilarni qiynab turgan muammolarga javob hamda taʼlim sifatini oshirish yuzasidan zaruriy takliflar berildi.

Qashqadaryo viloyatiga tashrif davom etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu