MAXSUS MAKTAB-INTERNATLARNING SURDO PEDAGOGLARI IMO-ISHORA TILI BOʻYICHA MALAKASINI OSHIRMOQDA

25-avgust 2021-yil
image

Xalq taʼlim vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, “ZAMIN” Xalqaro jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Mehrli qoʻllar” Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi bilan hamkorlikda respublikamizdagi eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar surdo pedagoglarini imo-ishora tili boʻyicha malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etildi.

photo2021-08-2010-52-58-2.jpg

Malaka oshirishga jalb etilgan pedagoglar ushbu kurslar davomida imo-ishora tilining nozik jihatlari va eshitish qobiliyati zaif oʻquvchilar psixologiyasi borasidagi oʻz bilimlarini yanada oshirish bilan bir qatorda, oʻqishni tugatganlaridan soʻng ishlayotgan muassasalaridagi oʻz hamkasblari orasida kaskad usulida amaliy mashgʻulotlar tashkillashtirib, imo-ishora tili asoslarini biladigan oʻqituvchilar sonini oshirishga munosib hissa qoʻshadilar.

photo2021-08-1919-24-15-2.jpg

Mazkur oʻquv kurslari joriy yilning 29-avgust kuniga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu