OʻZBEKISTONDA ONKOLOGIK BEMOR BOLALARGA UZLUKSIZ TAʼLIM BERISH UCHUN “MEHRLI MAKTAB” LOYIHASI JORIY ETILADI

19-avgust 2021-yil
image

Kecha Xalq taʼlimi vazirligida Rossiya Federatsiyasining uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar uchun statsionar sharoitida taʼlim berish bilan shugʻullanadigan «Учим знаем» loyihasi rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo2021-08-1913-07-39.jpg

Hukumatning tegishli qarori bilan gematologiya kasalligi bilan davolanayotgan bolalarga uzluksiz taʼlim jarayonlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Bu borada “Zamin” Xalqaro jamoat fondi koʻmagida yurtimizda gematologiya va onkologiya kasalligi bilan davolanayotgan bolalar uchun taʼlim jarayonini tashkil etishga yoʻnaltirilgan “Mehrli maktab” loyihasi amalga oshiriladi.

photo2021-08-1913-08-09.jpg

Loyihani Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli joriy etish maqsadida 7 yildan buyon Rossiya Federatsiyasida oʻz faoliyatini olib borayotgan «Учим знаем» loyihasining tajribasi oʻrganilib, loyihani yurtimizda amalga oshirish borasida takliflari oʻrganildi.

“Mehrli maktab” loyihasini amalga oshirish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazi yonida joylashgan 182-maktab tanlandi.

photo2021-08-1913-08-00.jpg

Hamkorlar bilan uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga taʼlim beradigan pedagoglarni tanlash va ularni malakasini oshirish, oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilinadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalarga uzluksiz taʼlim jarayonlari 2022-yildan yoʻlga qoʻyiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu