Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati Respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi. Kuni kecha mazkur tanlovning Respublika bosqichiga start berildi.
Bugun tanlovning ikkinchi kuni ishtirokchilar suhbat jarayonida sinovdan oʻtishmoqda. Suhbat avvalida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokchilar bilan uchrashdi. Vazir Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan tanlov ahamiyati xususida alohida toʻxtaldi.
Tanlovning birinchi yoʻnalishda pedagog tomonidan oʻz fanidan “Mahorat darsi” oʻtib berildi. Ikkinchi yoʻnalishida esa Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida” qonuni va kasaba uyushmasi faoliyati, mehnat huquqi haqidagi bilimlari sinovdan oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, tanlov natijalariga koʻra, har bir fan boʻyicha 1-oʻrin sohiblari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati koʻkrak nishoni va 30 mln. soʻm, 2-oʻrin 20 mln. soʻm, 3-oʻrin 10 mln. soʻm pul mukofotlari, esdalik sovgʻalar va diplom bilan taqdirlanadi.