XALQ TAʼLIMI VA ICHKI ISHLAR VAZIRI OʻRINBOSARLARI CHINOZ TUMANIDAGI QIZ BOLALAR OʻQUV-TARBIYA MUASSASASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI

14-avgust 2021-yil
image

Joriy yilning 14-avgust kuni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Voxobjon Rajapov va Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Azizbek Ikramov hamda boshqa mutasaddi vakillar Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

photo2021-08-1414-10-39-2.jpg

Tashrif davomida muassasaning faoliyati, xususan, tarbiya va taʼlim jarayoni, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Shu bilan bir qatorda, tumandagi 2-son kasb-hunar maktabi va 39-sonli umumtaʼlim maktablarining holati ham oʻrganib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

photo2021-08-1413-53-42-2.jpg

Oʻrganish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarni sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

photo2021-08-1414-10-24-2.jpg

Shuningdek, Xalq taʼlimi, Ichki ishlar vazirliklari va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ushbu muassasalardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu