Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 30 iyul – "xalqlar do'stligi kuni"ga bag'ishlab tashkil etilgan "biz O'zbekistonlikmiz" onlayn viktorinasi g'oliblari e'lon qilingan edi.
Joriy yil 6 avgust kuni Xalq ta'limi vazirligi binosida ushbu viktorina g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjaev, g'olib bo'lgan yoshlarning vakillari hamda g'oliblar va ularning ota-onalari Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan video-konferins aloqa shaklida ishtirok etdi.
Vazirning birinchi o'rinbosari tomonidan 1-o'rinni egallagan qarshi shahridagi 41-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Maxbuba Nusratovaning vakiliga televizor, 2-o'rinni egallagan Baxmal tumani 26-maktabning 6-sinf o'quvchisi Kamol Abdurazzoqovning vakiliga planshet va 3-o'rinni qo'lga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o'quvchisi Timur Polyakovga Smart-soatlar topshirildi.