USAID OʻZBEKISTONDA OʻQUVCHILARNING KELGUSIDA ISHGA KIRISHGA TAYYORLASH VA TADBIRKORLIKKA OID KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA 5.5 MLN. AQSH DOLLARI MIQDORIDA GRANT MABLAGʻLARI AJRATADI

6-avgust 2021-yil
image

Joriy yilning 6-avgust kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum hamda USAIDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Mikaela Meredit taʼlim sifatini takomillashtirishdagi oʻzaro hamkorlik haqida fikr bildirdi.

4o9a1344.jpg

Jumladan, tadbirda USAID bilan 2019-yilning sentyabrida 50 million AQSH dollarigacha boʻlgan grant shartnomasi imzolangan boʻlib, mazkur grant shartnomasini amalga oshirish maqsadida hozirga qadar 19.5 million AQSH dollari miqdorida loyihalar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi. Bugun esa mazkur hamkorlik doirasida oʻquvchilarda tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha kelishuv imzolandi.

Mazkur bitim asosida, xalq taʼlimi tizimiga 5.5 million AQSH dollari miqdoridagi qoʻshimcha grant mablagʻlari jalb qilinishi koʻzda tutilgan. Bu mablagʻlar 8-11-sinf oʻquvchilarida tadbirkorlik va biznes yuritishga doir bilim-malakalarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.

4o9a1379.jpg

Shuningdek, uchrashuvda AQSH elchisi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligiga “Barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida 10 million AQSH dollari miqdoridagi “Cambridge University Press” xalqaro nashriyotida chop etilgan Oʻzbekistonda milliy oʻquv dasturiga moslashtirilgan 1-11-sinflar uchun ingliz tili, 5-11-sinflar uchun AKT boʻyicha xorijiy darsliklar va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar topshirildi.

Mazkur darsliklar Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi 200 dan ortiq umumtaʼlim maktablarida 2021-2022 oʻquv yilida tajriba-sinov bosqichidan oʻtkaziladi. Soʻngra 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab umummilliy miqyosda joriy qilinishi rejalashtirilgan.

4o9a1363.jpg

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi va USAID Xalqaro taraqqiyot agentligiga Oʻzbekiston maktablarida ingliz tili hamda AKT boʻyicha sifatli taʼlim berilishida hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir yakunida OAV xodimlari mazkur loyiha doirasida matbuot anjumani tashkil etildi va berilgan savollarga Xalq taʼlimi vaziri hamda AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi tomonidan batafsil javob berildi.

4o9a159725.jpg

Soʻngra tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlar 14-sonli maktab faoliyati, ulardagi toʻgaraklar bilan yaqindan tanishtirildi.

4o9a1706.jpg

Shu oʻrinda aytish joizki, ushbu maktab 1984-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan boʻlib, 2019-2020 oʻquv yilida kapital taʼmirlanguniga qadar, maktab binosi avariya holatida va taʼlim sifati ham past darajada hamda 0.4 koeffitsiyentda faoliyat yuritgan (oʻquvchi soni 476 nafar).

slajd1.jpg

1414.jpg

Avval avariya holatidagi maktab bugungi kunda kapital taʼmirlanib, zamon talablariga mos ravishda jihozlangan. Shu sababli, maktab atrofidagi aholi endi qiynalib boshqa hududlardagi maktabga borishiga hojat qolmadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu