“OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI MUKOFOTI LAUREATI” KOʻRIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA 90 NAFAR OʻQITUVCHI ISHTIROK ETADI

6-avgust 2021-yil
image

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi 16-18-avgust kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Mazkur tanlovning respublika bosqichida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha hududiy bosqichlarda gʻolib boʻlgan 90 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

Final bosqichi tanlovlari ikki bosqichda tashkil etiladi:

Birinchi yoʻnalish: Pedagog tomonidan oʻz fanidan “Mahorat darsi”ni oʻtib berish.

Ikkinchi yoʻnalish: Mehnat huquqi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida” qonuni va kasaba uyushmasi faoliyati haqidagi bilimlari.

 

Har bir fan kesimida eng yuqori natijaga erishgan uch nafardan oʻqituvchi tanlovning respublika bosqichi gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

Hududiy bosqichlarda gʻolib boʻlib, respublika bosqichiga chiqqan 90 nafar oʻqituvchilar roʻyxati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu