1-SINFGA ONLAYN QABUL QILISH JARAYONI 31-IYUL KUNI YAKUNLANADI

28-iyul 2021-yil
image

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni mikrohudud boʻyicha 1-sinfga onlayn qabul qilish jarayoni 31-iyul kuni yakunlanishini maʼlum qilamiz.

Maʼlumot uchun: Shu kunga qadar my.maktab.uz platformasi orqali jami 66 319 nafar oʻquvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 52 594 nafarining arizalari moderator tekshiruvidan oʻtkazilgan va mikrohududdagi maktablarga yuborilgan.

DIQQAT:

✅ Oʻz mikrohududiga biriktirilgan maktab hamda taʼlim tili davlat tili (oʻzbek tili)ni tanlagan ota-onalar maktabga borishlari talab etilmaydi (ularning farzandlari toʻgʻridan-toʻgʻri 1-sinfga tizim orqali qabul qilinadilar).

✅ 1-avgustdan keyin ota-onalar tomonidan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarga mavjud boʻsh oʻrinlar asosida ariza qabul qilingan taqdirda, mikrohudud boʻyicha maktabga topshirilgan arizalarni qaytarib olish imkoni beriladi.

Eslatma: onlayn qabul oʻtkazilayotgan hududlarda anʼanaviy shaklda yoki boshqa turdagi qabul jarayonlari amalga oshirilmaydi, shuning uchun BARCHA ota-onalar 31-iyul kuniga qadar farzandlarini tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazishlari va ariza yuborishlari soʻraladi.

1-sinfga onlayn ariza topshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan boʻlsangiz, maktab maʼmuriyatiga yoki @mymaktab_uz telegram kanali orqali hamda ☎️ 71 203 07 04 raqami orqali murojaatlar markaziga qoʻnqiroq qilishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu