5 YILDA ILK BOR XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA MAKTAB OʻQUVCHISI GʻOLIB BOʻLDI

23-iyul 2021-yil
image

Eng nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) natijalari eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarga koʻra,

Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM oʻquvchisi kumush medal;

Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.

Bu yilgi olimpiada 14-24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Xalq taʼlimi vazirligi mazkur gʻalaba bilan oʻquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʻqituvchilarini hamda ota-onalarini muborakbod etadi!

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi Xalqaro biologiya, fizika hamda kimyo olimpiadalarida ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu