2021-yilning 15-iyul kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov YUNESKO Bosh direktorining oʻrinbosari Stefaniya Jannini bilan uchrashdi.
Toshkentda oʻtayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya doirasida mehmonlar Oʻzbekiston taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirildi.
Jumladan Oʻzbekistonda taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirishda, madaniyat, fan va texnologiyalarni takomillashtirishda YUNESKOning roli alohida qayd etildi.
Vazir hamkorlikning mumkin boʻlgan yangi yoʻnalishlari, birgalikda amalga oshiriladigan baʼzi loyihalarni ishlab chiqish va moslashtirish toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Uchrashuv natijasida har ikki tomon ham munosabatlarni rivojlantirish va yangi qoʻshma loyihalarni boshlash masalalarini koʻrib chiqishga qiziqish bildirdilar.