XALQ TAʼLIMI VAZIRI CHET TILLARINI OʻRGANISH BOʻYICHA TASHKIL ETILGAN TOSHKENT VILOYATI FORUMIDA ISHTIROK ETDI

8-iyul 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov bugun Olmaliq shahrida oʻtkazilgan “Madaniy almashinuv va chet tillarini oʻrganish” birinchi Toshkent viloyati forumida ishtirok etdi.

photo2021-07-0814-07-33.jpg

Forum davlatimiz rahbarining mamlakatimizda chet tillarini oʻqitishning yangi tizimini yaratish borasidagi muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan boʻlib, chet tillarini oʻqitish usullarini muhokama qilish, sohada xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va viloyat hokimligi oʻrtasidagi hamkorlik oʻrnatish maqsadida oʻtkazildi.

Xalq taʼlim vaziri Forum ishtirokchilariga bugun maktablarda chet tillarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar, chet tillari oʻqituvchilarning salohiyatini oshirish boʻyicha joriy etilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

photo2021-07-0814-07-33-2.jpg

Tadbir natijasida hokimlik hamda bir qator xorijiy va mahalliy til oʻrgatish tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu