Xalq taʼlimi vazirligi maktab oʻquv jarayonida yuritiladigan hujjatlar sonini kamaytirmoqda.
Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi buyrugʻi bilan shu kunga qadar maktablarda yuritib kelingan 10 dan ortiq oʻquv-pedagogik hujjatlar soni 2 baravarga qisqartirildi va qolganlarining aksariyati elektron shaklda yuritilishi belgilandi.
Endilikda soha xodimlari asosiy eʼtibor va vaqtlarini “qogʻozbozlik” yoki hisobotga emas taʼlim sifatini oshirishga qaratadi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi 3 yilda vazirlik tizimida:
????Oʻqituvchilarning hujjatlari 7 tadan 1 taga,
????Sinf rahbarlariniki 10 tadan 2 taga,
????Psixologlarniki 27 tadan 8 taga,
????Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlariniki 19 tadan 4 taga qisqartirilgan edi.
Navbat oʻquv jarayonlariga oid hujjatlarni qisqarishga yetdi.
❌ Mazkur buyruq bilan shu vaqtga qadar maktab hujjatlarini yuritish boʻyicha yoʻriqnoma (5.12.2001-y. 178-son buyrugʻi) bekor qilinib, yangi tahrirdagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Roʻyxatdan boshqa hujjatlarni talab qilish holatlariga yoʻl qoʻyilsa, vazirlikning ishonch telefoniga (71) 202-09-09 xabar berish soʻraladi.