XALQ TAʼLIMI TIZIMIDA AVGUST KENGASHLARINI OʻTKAZISH SHAKLI OʻZGARDI

5-iyul 2021-yil
image

Endi, har oʻquv yili oldidan oʻtkaziladigan 4 bosqichli avgust kengashi 2 bosqichda oʻtkaziladi. Bu boʻyicha Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 204-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Unga koʻra:

1-bosqich: Respublika oʻquv seminari – onlayn shaklda.

2-bosqich: Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogika kengashi shaklida.

Avgust kengashi muddati:

1-bosqich: 2021-yil 17-18-avgust kunlari.

2-bosqich: 2021-yil 23-28-avgust kunlari.

Ilk bosqichda respublika oʻquv seminari “Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar efirga berilayotgan telekanalda (telekanal: “National Geographis”) videodars shaklida namoyish etiladi.

Shuningdek, respublika oʻquv seminari videodarslari vazirlik, Respublika taʼlim markazining saytlariga joylashtiriladi.

Endi maktabdagi fan oʻqituvchilari istalgan vaqtda ushbu saytlar orqali avgust kengashiga bagʻishlangan videodarslar va taqdimotlar bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu