UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING 8 NAFAR BITIRUVCHISI “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI STIPENDIATI DEB TOPILDI. ULAR XORIJNING ENG NUFUZLI OLIYGOHLARIDA BEPUL OʻQISH VA YASHASH IMKONIYATINI QOʻLGA KIRITDI

1-iyul 2021-yil
image

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq stipendiya tanlovida qatnashgan Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining 8 nafar oʻquvchisi Jamgʻarma stipendiati deb eʼtirof etildi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan yoshlar Jamgʻarmaga Nizomda keltirilgan barcha hujjatlarni 2021-yil 10-iyulga qadar topshirishlarini va xorijga oʻqishga ketish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni rasmiylashtirishlarini tavsiya qilamiz.

Umidjon Abdullajonov (Namangan viloyati)— The University of Arizona (AQSH)

Shukurillo Akramov (Andijon viloyati) — The University of Arizona (AQSH)

Akmaljon Maxmudov (Qashqadaryo viloyati) — The University of Arizona (AQSH)

Farangis Buranova (Toshkent shahar) — University of South Florida (AQSH)

Usmonov Sarvarbek (Namangan viloyati) — The University of Arizona (AQSH)

Akbarali Sodiqov (Buxoro viloyati) — The University of Arizona (AQSH)

Sherali Ozodov (Xorazm viloyati) — The University of Arizona (AQSH)

Dilrabo Kodirova (Toshkent shahar) — University of Delaware (AQSH)

Stipendiatlarning oʻqishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar, xorijiy davlatda yashash, turar joy, xalqaro va ichki transport, sugʻurta, viza va adabiyotlar xarid qilish bilan bogʻliq barcha harajatlari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi va jamgʻarma nomidan barcha stipendiatlarni ushbu tanlovda koʻrsatgan bilim va iqtidoringiz natijasi sifatida sizga koʻrsatilgan yuksak ishonch va eʼtirof bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu