30-iyun - Oʻzbekiston yoshlari kuni munosabati bilan xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan 25 nafar xodim “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi.
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarni tashabbuskorligi, kreativ gʻoyalari bilan taʼlim sohasida samarali faoliyat yuritayotgani hamda yuqori natijalari bilan faollik koʻrsatayotganini alohida eʼtirof etib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bundanda yuqori natijalar sari doimiy harakatda boʻlish lozimligini qayd etdi.
30-iyun - Oʻzbekiston yoshlari kunida “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati
1. Shaxboz Yeshnazarov – Xalq taʼlimi vazirligi Davlat xaridlari boʻlimi boshligʻi
2. Xurshid Yusupov – Xalq taʼlimi vazirligi Ijro etuvchi apparati bosh mutaxassisi
3. Ixtiyor Maxmatqulov – Xalq taʼlimi vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi bosh mutaxassisi
4. Davron Tuxtayev – Xalq taʼlimi vazirligi Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini taʼminlash boʻlimi boshligʻi
5. Abrorjon Oʻktamov – Xalq taʼlimi vazirligi Yangi tashabbuslar boʻlimi boshligʻi
6. Jamila Umarova – Xalq taʼlimi vazirligi Xalqaro aloqalar boʻlimi bosh mutaxassisi
7. Sarvar Butanov – Xalq taʼlimi vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy yetishni muvofiqlashtirish boʻlim boshligʻi
8. Ayubxon Sultonov – Xalq taʼlimi vazirligi Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasi boshligʻi
9. Elmurod Axmadaliyev – Xalq taʼlimi vazirligi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bosh mutaxassis
10. Muxammadtoxir Rafiqov – Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim muassasalarida ish haqini rejalashtirish va moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi
11. Saidaxmad Jalilov – Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi davlat unitar korxonasi Raqamli taʼlim platformalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
12. Ravshanjon Axmedov – A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining Xalqaro boʻlim boshligʻi
13. Javlonbek Meliboyev – Respublika taʼlim markazi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi
14. Yoʻldoshbek Saidov – Respublika taʼlim markazi Fransuz tili fani metodisti
15. Jasur Asqarov – Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi davlat unitar korxonasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi
16. Laziz Hoshimov – “Barkamol avlod” bolalar maktabi Uslubiy boʻlim boshligʻi
17. Temur Usenov – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani xalq taʼlimi boʻlimi kadrlar boʻyicha inspektor-metodisti
18. Ozodbek Ahmardinov – Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Darsliklar va adabiyotlar shoʻbasi mudiri
19. Elbek Safarov – Buxoro viloyati Kogon shahar xalq taʼlimi boʻlimi markazlashgan moliya-buxgalteriya hisobi bosh hisobchisi
20. Iskandar Qodirov – Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boʻlimi boshligʻi
21. Sitorabonu Vohidova – Buxoro viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
22. Jamshid Qarshiyev – Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Uzluksiz kasbiy taʼlimni tashkil yetish boʻlimi boshligʻi
23. Sharofat Xudoyberganova – Xorazm viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Pedagogika va psixologiya, taʼlim texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi
24. Abdulvosidbek Abduraxmonov – Andijon viloyati Asaka tumanidagi koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining nemis tili fani oʻqituvchisi
25. Saxob Baratov – Jizzax viloyati 2-sonli zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati psixologi
*Hududlardan taqdirlangan yoshlarga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishonlari karantin qoidalariga rioya qilingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.