Xabaringiz bor, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Obod maktab” ekologik onlayn koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.
Mazkur tanlovda taʼlim muassasalar tomonidan yuborilgan 400ga yaqin videoroliklardan tanlov nizomi talablariga mos boʻlgan eng yaxshi 42 ta ijodiy ishlar saralab olindi.
Jamoatchilik tomonidan gʻoliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy tanlovlar sahifasida eʼlon qilindi. Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan qoʻyidagi taʼlim muassasalar “Obod maktab” tanlovi gʻolibi deb topildi.
“Obod maktab-2021» koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari R Oʻ Y X A T I
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri 8-sonli umumtaʼlim maktabi
Andijon viloyati Boʻston tumani 26-sonli DIMI
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 8-DIMI
Jizzax viloyati Jizzax shahri 22-IDUM
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 4-sonli umumtaʼlim maktabi
Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-AFCHOʻIM
Namangan viloyati Chortoq tumani 48-sonli umumtaʼlim maktabi
Samarqand viloyati Samarqand tumani 8-sonli umumtaʼlim maktabi
Sirdaryo viloyati Xovos tumani 13-sonli umumtaʼlim maktabi
Surxondaryo viloyati Angor tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi
Toshkent viloyati Angren shahar 43-sonli umumtaʼlim maktabi
Fargʻona viloyati Fargʻona shahri 25-sonli umumtaʼlim maktabi
Xorazm viloyati Yangibozor tumani 10-DIMI
Toshkent shahar Profilli mehnat taʼlimiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi