XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI XODIMLARGA SANATORIYLARDA DAM OLISH UCHUN BEPUL YOʻLLANMALAR BERILMOQDA

4-may 2021-yil
image

Yurtboshimizning “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq 2021-yilda 5,9 mingdan ortiq xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari va metodistlari, umumtaʼlim muassasalari direktorlari hamda oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yoʻllanmalar berilmoqda.

2021-yil aprel oyida Kasaba uyushmalari federatsiya tasarrufidagi 22 ta sanatoriylarda oʻn kun davomida 419 nafar xodimlar salomatliklarini mustahkamladilar.

Jumladan, 2020-yil foydalanishga topshirilgan Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidagi soʻlim togʻ qoʻynidagi zamonaviy «Xoʻjaipok» sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmuasida 19 nafar xodimlar tayanch harakat tizimi, akusher-ginekologik kasalliklar, asab tizimi, jigar, buyrak, teri tanosil va boshqa xastaliklarni davolash va profilaktika qilish boʻyicha muolajalar oldilar.

 

Shuningdek, kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlimlari va sanatoriy maʼmuriyati tomonidan sanatoriyda dam olayotgan xodimlarni muolajadan boʻsh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu