XALQ TAʼLIMI VAZIRI KARMANADAGI MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, BITIRUVCHILAR BILAN SUHBATLASHDI

8-aprel 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi maktablar holatini oʻrgandi.

2-son umumtaʼlim maktabi direktoriga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Prezident sovgʻasi” “Spark” avtomobili topshirilgandan soʻng mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishdi.

Xususan informatika xonasida dasturiy loyihalarini yaratgan iqtidorli oʻquvchilar bilan suhbatlashdi. Ular yaratgan loyihalar bilan tanishib, oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi.

5 ta tashabbus doirasida maktabda tashkil etilgan toʻgaraklar, yosh ixtirochilar ijodi bilan tanishdi.

photo2021-04-0813-52-51-3.jpg

Shundan soʻng vazir Karmana tumanidagi 21-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 874 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan mazkur maktabda vazir bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatda boʻldi. Ularning kelajakdagi rejalari, tanlagan kasbi va kirishni maqsad qilgan oliy oʻquv yurtlari bilan qiziqdi. Joriy oʻquv yilida maktabni 67 nafar bitiruvchi tamomlaydi, shulardan barchasi hozirda oliy taʼlim muassasasiga kirish istagini bildirgan. Hozirda maktabning 5 nafar bitiruvchisi muddatidan avval OTMga kirgan boʻlib, vazir ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tashrif soʻngida maktab kutubxonasiga jahon durdona asarlaridan kitoblar sovgʻa qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu