Hurmatli tadbirkorlar!

29-yanvar 2025-yil
image

Davlat-xususiy sheriklik asosida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotganini ma’lum qilamiz!

Tijorat banklari tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 10 yil muddatga, yillik 5 foizdan 18 foizgacha kreditlar ajratilishi belgilangan. 

Ishni nimadan boshlash kerak deysizmi?

Avvalo, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan belgilangan tartibda DXSH bitimini tuzish lozim bo‘ladi. 

Shundan so‘ng loyihada ishtirok etuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilasiz. 

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, kerakli hujjatlar ro‘yxati Vazirlikning rasmiy sahifasida joylashtirilgan:

DXSH asosida bitim tuzish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar

RO‘YXATI

1. Ariza

2. Guvohnoma

3. Tashkilot rahbarining pasport nusxasi

4. Kadastr pasporti

5. Mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirma

6. SEO va JS xulosasi

7. FVB xulosasi

8. Ariza taqdim etiladigan kundan uzog‘i bilan bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot

9. Loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi

10. Tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari

11. Hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organining maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha xulosasi

12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar

13. Davlat sherigi va Xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan bitim loyihasi

14. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhini o‘rganish xulosasi

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +998 98 099 50 00 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu