OLMAZOR TUMANI MAKTABLARINING “BRENDI” YARATILADI

19-aprel 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi ishchi guruhi bugun kunning ikkinchi yarmida Olmazor tumanidagi 234- va 298-maktab faoliyati bilan tanishdi. Mavjud muammolar o‘rganilib, pedagog va o‘quvchilar bilan muloqot qilindi.

Xususan, 298-maktabda 7-sinf, 234-maktabda 6- va 8-sinfda dars jarayonlarida  ishtirok etilib, o‘quvchilarning ushbu fanlardan o‘zlashtirish darajasi savol-javoblar orqali aniqlashtirildi. O‘quvchilar barcha fanlarni yaxshi o‘qishi, ko‘proq badiiy asarlar o‘qish orqali bilimlarini boyitib borishlari ta’kidlandi.

photo2022-04-1819-52-20.jpg

Maktabda ta’lim darajasini yaxshilash ko‘p jihatdan maktab direktoriga bog‘liq ekanligi, buning uchun direktorlarga qo‘yilgan talablar kuchaytirilishi ta’kidlandi.

234-maktabda esa 6-sinfning 2 nafar iste’dodli o‘quvchisiga noutbuk sovg‘a qilindi.

Davlatimiz Rahbari huzurida shu yilning 5 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, Olmazor tuman hokimligi tomonidan yaratilayotgan ta’lim muassasalarida o‘ziga xos “brend” (logotip va maktab formasi) namunalari ko‘zdan kechirildi.

photo2022-04-1819-43-35.jpgMaktablarda mavjud muammolar tayyorlanayotgan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan holda hal etish rejalashtirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu