Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangi jihozlar bilan taʼminlandi

17-yanvar 2025-yil
image

Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyatning har bir hududidan tanlab olingan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ajratilgan 330 ta planshet, 15 ta elektron doska hamda televizorlar topshirildi.

Shuningdek, tumandagi 43-maktabda o‘tkazilgan tadbirda shahar va tumanlardagi 21 ta maktabga vazirlik tomonidan jami qiymati 2,6 mlrd so‘mlik 38 turdagi sport anjomlari tuhfa qilindi. 

Viloyat rahbari Prezidentimizning Surxondaryo viloyatida taʼlim sifatini oshirish, maktab va bog‘chalar moddiy texnika bazasini mustahkamlashga qaratayotgan eʼtibori hamda bu borada ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga minnatdorchilik bildirildi.

Maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishilib, taʼlim sifatini oshirish, dual taʼlim tizimini sifatli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu