Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.
Xususan, vazir barcha Vatan posponlarini, shu jumladan vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan yigitlarning Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi hamda fidokorona xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Vazir, shuningdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi bilan bugungi kun qo‘shaloq bayramga aylanib ketganligini alohida ta’kidladi.
Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, Vatanimizga yana bir g‘alabani tuhfa qilgan yoshlarimiz va ularning ustozlari chinakam ma’noda bugun bizga katta quvonch va iftixor olib kelishdi, — dedi vazir Hilola Umarova o‘z so‘zida.