Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan Qo‘mita eshituvi bo‘lib o‘tdi

10-yanvar 2025-yil
image

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan Qo‘mita eshituvi bo‘lib o‘tdi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida bo‘lgan eshituvda vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlikning tegishli bo‘linma boshliqlari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, vazirlik tomonidan kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ustuvor vazifar belgilab olingan. Xususan:

Ikkita xorijiy til o‘qitiladigan umumta’lim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga o‘rgatiladigan umumta’lim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

O‘qituvchilarga malaka toifasini berishda ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tilgan. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi;

Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta ta’lim maskanida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi;
 
“Ta’lim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy etiladi. 

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu